Madridning «Real» klubi markaziy yarim himoyachisi Federiko Valverde Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik mutaxassis shu yozda «qirollik» klubi bosh murabbiyiga aylandi va bir necha kundan beri «qaymoqranglilar»ning mavsumlararo tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
«Men Joze Mourinyodan ko‘p narsa o‘rganishni istayman. U va uning murabbiylar shtabi bilan o‘tayotgan mashg‘ulotlarning har bir soniyasidan maksimal darajada foyda olish uchun u beradigan har bir maslahatga quloq solishga tayyorman. Futbolchi va shaxs sifatida o‘rganishda va o‘sishda davom etaman. Mourinyo — men juda ko‘p narsa o‘rganishim mumkin bo‘lgan bo‘lakcha inson», — deydi futbolchining so‘zlarini Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo ilgari ham «Real»da ishlagan — u 2010–2013 yillarda jamoani boshqargan. Shuningdek, taniqli mutaxassis «Inter», «Roma», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Benfika» va «Fenerbaxche» kabi top-klublarda murabbiylik qilgan.













