Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

AQSH JCH-2026ning qaroqchi translyasiyalari sababli mingdan ortiq domenlarni bloklab qo‘ydi

AQSH JCH-2026ning qaroqchi translyasiyalari sababli mingdan ortiq domenlarni bloklab qo‘ydi

Baho:
+ | -1

AQSH rasmiylari futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini noqonuniy tarqatishga qarshi keng ko‘lamli operasiya o‘tkazdi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«AQSH Adliya vazirligi mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Amerika qonunchiligini buzgan holda, FIFA jahon chempionati final bosqichi o‘yinlarini ruxsatsiz translyasiya qilishda foydalanilgan bir mingdan ortiq domenlarning muvaffaqiyatli musodara qilinganini e’lon qiladi», — deyiladi vazirlik saytidagi bayonotda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu saytlardan JCH-2026 final bosqichi o‘yinlarini huquq egalarining ruxsatisiz va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan holda namoyish etishda foydalanilgan. Domenlarni musodara qilish uchta alohida operasiya doirasida amalga oshirildi. Ulardan biri iyun oyi oxirida o‘tkazilib, unda rasmiylar 400 ga yaqin resursga kirishni yopib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 20:21, 22.07.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик