Mashhur sobiq yarim himoyachi Toni Kroos Madridning «Real» klubidagi eng sevimli uchta sobiq jamoadoshini tanladi.
Germaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar» sharafini 2014 yildan 2024 yilgacha himoya qilgan, shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi jamoa bilan birga besh marotaba Chempionlar Ligasida va to‘rt marta La Ligada zafar kuchgan.
«Real»dagi barcha davrlarning eng sevimli uchta jamoadoshimi? Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Luka Modrich», — deya Kroosning javobini keltiradi Madrid Xtra.
Ronaldu «qirollik klubi» sharafini 2009 yildan 2018 yilgacha, Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha, Modrich esa 2012 yildan 2025 yilgacha himoya qilgan. Ta’kidlash joizki, Kroosdan farqli o‘laroq, ularning uchalasi ham hali faoliyatini yakunlagani yo‘q.













