Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Matteus «Oltin to‘p» haqida: «Ustunlik Dembele tomonida»

Matteus «Oltin to‘p» haqida: «Ustunlik Dembele tomonida»

Baho:
+2 | -

Lotar Matteus «Oltin to‘p»ning bo‘lajak sohibi haqida o‘z fikrini bildirdi. U «PSJ» hujumchisi Usmon Dembeleni asosiy favorit deb atadi.

«Rodri jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ammo u haqiqatan ham eng yaxshisi edimi? Ko‘pincha FIFA finaldan so‘ng darhol mukofotlash mumkin bo‘lgan o‘yinchini tanlaydi. Rodri 2 yil avval Ispaniya Yevroda zafar quchganda va o‘zi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganda bo‘lgani kabi, bu safar ham jahon chempioni bo‘lgan jamoaning dirijyori edi. Biroq, u bu yil ham ushbu sovrinni yutishiga ishonmayman», — dedi Matteus Sky Sport uchun yozgan kolonkasida.

Germaniya futboli afsonasining fikricha, Ispaniyaning JCH-2026dagi g‘alabasi yakuniy kurashni yanada kutilmagan qildi.

«Ispaniyaning jamoaviy o‘yini tufayli mukofotni kim olishi mutlaqo noaniq. Men ustunlikni «PSJ» bilan yana bir bor Chempionlar Ligasida zafar quchgan Usmon Dembeleda ko‘rayapman».

Shuningdek, Matteus 10 ta gol bilan jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan Kilian Mbappening imkoniyatlarini ham baholadi.

«Mbappe ajoyib jahon chempionatini o‘tkazdi, shu sababli u ham da’vogarlar qatorida bo‘ladi. Ammo u «Real» bilan hech qanday sovrin yuta olmadi. Agar u «Oltin to‘p»ni olsa, hayron qolgan bo‘lardim».

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 2026 yilning 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tarixda ilk bor taqdirlash marosimi Londonda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:07, 23.07.2026.
O'qildi: 271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик