«Frayburg» darvozaboni Noa Atubolu faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yangi golkiper qidirayotgan «Yuventus»ga 24 yoshli futbolchining xizmatlari taklif qilingan. Shu bilan birga, germaniyalik darvozabon «Frayburg» bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti — uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan, shu sababli keyingi yozda u erkin agentga aylanishi mumkin.
Noa Atubolu «Frayburg» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyati davomida aynan shu klubda to‘p surgan. 2025/26 yilgi mavsumda golkiper barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 70 ta to‘p o‘tkazib yubordi va 12 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Atuboluning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













