Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich katta ehtimol bilan keyingi mavsumda ham «Milan» sharafini himoya qilishda davom etadi.
Avvalroq xavbek Italiya jamoasi bilan 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi bitim tuzishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Tomonlar allaqachon barcha masalalarda kelishib olishgani xabar qilingandi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Modrichning yangi shartnomaga ko‘ra maoshi bir mavsum uchun 4,5 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich «Milan»ga 2025 yilning o‘rtalarida o‘tgan edi. «Rossonerilar» tarkibidagi ilk mavsumida xorvatiyalik futbolchi barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













