«Lokomotiv» futbolchisi Aleksey Batrakovning manfaatlarini himoya qiluvchi Vladimir Kuzmichyov yarim himoyachiga «PSJ» tomonidan bo‘lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Gap shundaki, bu xabarlar matbuotda keng muhokama qilinayotgan vaqtda klublar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tgan edi, chunki o‘sha paytda shartnomadagi tovon puli bandi hali o‘z kuchida edi. Mening bilishimcha, tomonlar bir to‘xtamga kela olishmadi», — deydi agentning so‘zlarini «Match TV».
Avvalroq matbuotda «PSJ» 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani va Moskva klubi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq yakunda bitim amalga oshmay qoldi.
Batrakov 2024 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. U poytaxt klubi tarkibida jami 79 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning bozor qiymati 28 million yevroga baholanmoqda, «Lokomotiv» bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha mo‘ljallangan.













