Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

UFC. Arman Sarukyan navbatdagi jangini Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazadi

UFC. Arman Sarukyan navbatdagi jangini Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Armaniston va Rossiya sharafini himoya qiluvchi, yengil vaznda UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan navbatdagi jangini yengil vaznda sobiq UFC chempioni va BMF kamari sohibi Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Red Fury MMA akkaunti xabar berdi.

Sportchilar uchun bu revansh jangi bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi ilk bahs 2024 yil 13 aprelda bo‘lib o‘tgan va unda Sarukyan hakamlarning bo‘lingan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Arman Sarukyan 29 yoshda. Rossiyalik va armanistonlik jangchining MMAdagi professional rekord hisobida 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatidan oldin) va 3 ta mag‘lubiyat bor. «Axalkalakes» laqabli jangchi aralash yakkakurashlardagi professional faoliyatini 2015 yilning sentyabrida boshlagan va 2019 yilning aprelidan beri UFC bilan hamkorlik qilib kelmoqda. U erkin kurash va MMA bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:34, 23.07.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик