«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Myunxen klubida faoliyatini davom ettiradi. Angliyalik to‘purar Jahon chempionatidan so‘ng muzokaralar qayta tiklangach, myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda jurnalistlar Ben Jeykobs va Sem Si xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu transfer oynasida 32 yoshli Keynga «Barselona» qiziqish bildirgan. shuningdek, Harriga «Al-Hilol» ham taklif bilan chiqqan – Saudiya Arabistoni klubi Keynni 2023 yildan beri kuzatib kelmoqda.
Xarri Keyn «Bavariya» safida 147 ta o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali angliyalik futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.













