Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

38 yoshli himoyachi Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Men bolaligimdan beri Argentina terma jamoasi libosini kiyishni orzu qilardim. Bu futbol menga taqdim etgan eng buyuk sharafdir. Men uni butun qalbim bilan, faxr va millionlab argentinaliklar uchun nimani anglatishini his qilgan mas’uliyat bilan himoya qildim.

Taqdir shunday bo‘ldiki, terma jamoadagi oxirgi o‘yinim Jahon chempionati finali bo‘ldi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo jamoa oxirgi soniyagacha bor kuchini berganini anglagan holda boshimni baland ko‘tarib ketmoqdaman», — deb yozdi «River Pleyt» sharafini himoya qilayotgan Nikolas Otamendi.

Otamendi Argentina terma jamoasi safida 139 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U milliy terma jamoa tarkibida to‘rtta Jahon chempionatida, jumladan, 2022 yilgi chempion bo‘lgan musobaqada ishtirok etgan.

Kiritildi: 08:23, 24.07.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик