Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Ronalduning pochchasi xo‘roz janglarini tashkil etganlikda gumon qilinmoqda

Ronalduning pochchasi xo‘roz janglarini tashkil etganlikda gumon qilinmoqda

Baho:
+ | -

Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu singlisining eri Aleksandr Bertoluchchi Braziliyada tergov doirasiga tushdi. Bu haqda Sports.kz nashri Daily Mail'ga tayanib xabar berdi.

Braziliya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tadbirkorning noqonuniy xo‘roz janglarini tashkil etishga aloqador yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Tergov xo‘rozlarni yashirin janglarda qatnashtirish uchun ko‘paytirish va tayyorlash haqidagi xabarlardan so‘ng boshlangan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, polisiya o‘tkazgan reyd davomida eng tajovuzkor zotlardan biri hisoblangan mura turiga mansub taxminan 1500 ta jangovar xo‘roz aniqlangan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, parrandalarlar talabga javob bermaydigan sharoitda saqlangan, ularning ayrimlarida esa og‘ir jarohatlar aniqlangan.

Bertoluchchi esa o‘z navbatida barcha ayblovlarni qat’iy rad etdi. U noqonuniy faoliyatda ishtirok etmaganini va xo‘roz janglarini tashkil etishga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Tergov davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tadbirkorning ushbu ishga aloqadorligi yuzasidan hozircha yakuniy xulosa e’lon qilmagan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:09, 24.07.2026.
O'qildi: 1225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик