Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi «Uoking» bosh murabbiyligini tark etdi

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi «Uoking» bosh murabbiyligini tark etdi

Baho:
+ | -

«Uoking» klubi rasmiy saytida Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jermeyn Defoning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e’lon qildi. Tomonlar shartnoma imzolanganidan to‘rt oy o‘tar-o‘tmas kelishuvni o‘zaro rozilik bilan bekor qilishdi.

Defo qo‘l ostida jamoa ikki bor g‘alaba qozondi, uch marta durang o‘ynadi va bir bor mag‘lubiyatga uchrab, mavsumni 10-o‘rinda yakunladi. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi o‘rtoqlik o‘yinlarida «Uoking» «Sholing»ni mag‘lub etdi va «Portsmut»ga imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq Defo «Tottenxem» akademiyasida murabbiy bo‘lib ishlagan, shuningdek, «Reyndjers»da Stiven Jerrardning assistenti bo‘lgan edi.

Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi «Vest Xem», «Bornmut», «Tottenxem», «Portsmut», «Sanderlend», «Toronto» va «Reyndjers» klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 13:49, 24.07.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик