«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi ustozi sifatidagi debyut o‘yinini UEFA Millatlar ligasi doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 2026 yil 24 sentyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Mutaxassis va Germaniya futbol ittifoqi o‘rtasida shartnoma imzolangani haqida bugun, 24 iyul kuni rasman e’lon qilindi.
Sentyabr oxiri va oktyabr boshlarida Germaniya terma jamoasi Klopp qo‘l ostida jami to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi. Niderlandiyadan tashqari, nemlar Millatlar ligasidagi guruhdoshlari Gresiya va Serbiya bilan kuch sinashadi. Greklar bilan Germaniya ikki marta o‘ynaydi.
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi Germaniya terma jamoasining yaqin oradagi o‘yinlari:
-
2026 yil 24 sentyabr: Millatlar ligasi, 2-guruh, Niderlandiya — Germaniya;
-
2026 yil 27 sentyabr: Millatlar ligasi, 2-guruh, Germaniya — Gresiya;
-
2026 yil 1 oktyabr: Millatlar ligasi, 2-guruh, Germaniya — Serbiya;
-
2026 yil 4 oktyabr: Millatlar ligasi, 2-guruh, Gresiya — Germaniya.













