Kirish Ro'yxatdan o'tish

Li Kan Inning transferi haqidagi mish-mishlar fonida «Atletiko» futbolkalari savdosi keskin oshdi

Li Kan Inning transferi haqidagi mish-mishlar fonida «Atletiko» futbolkalari savdosi keskin oshdi

Baho:
+1 | -

Madridning «Atletiko» klubi futbolkalari savdosi koreyalik yarim himoyachi Li Kan Inning «PSJ»dan o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida keskin oshdi. Marca nashrining xabar berishicha, faqatgina barcha hujjatlarning yakuniy tayyorlanishi transferning rasmiy e’lonini kechiktirmoqda.

Manba berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Li Kan In bir haftadan ko‘proq vaqt oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan. Uning «Atletiko» bilan shartnoma shartlari, shu jumladan bu holatda muhim rol o‘ynaydigan imij huquqlaridan foydalanishning mayda tafsilotlari to‘liq kelishib olingan.

Xabar qilinishicha, «Atletiko»ning klub atributikasi savdosi Janubiy Koreyada ham, Madridda ham keskin oshgan. Madriddagi klub do‘konlariga yangi futbolchi qaysi raqamda o‘ynashi bilan qiziqib kelayotgan xaridorlar oqimi uzilmayapti.

Kiritildi: 16:04, 24.07.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик