Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Gyuler murabbiyni hayratda qoldirdi

Gyuler murabbiyni hayratda qoldirdi

Baho:
+ | -

Arda Gyuler ta’tildan qaytgach, Madridning «Real» klubi yangi murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Turkiyalik yarim himoyachi jamoa futbolchilari orasida birinchi bo‘lib mavsumoldi tayyorgarlikka yetib keldi va darhol ajoyib jismoniy holatda ekanini ko‘rsatdi. Valdebebasdagi dastlabki mashg‘ulotlardan so‘ng murabbiylar shtabi vakillaridan biri o‘z hayratini yashirmay, Gyuler maydonda «uchayotganini» ta’kidladi.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O‘ng qanotdagi o‘rin uchun raqobat odatdagidan ko‘ra jiddiyroq bo‘ladi — «Real» Bernardu Silva bilan kuchaydi, ijaradan Endrik qaytdi, shuningdek tarkibda Franko Mastantuono, Braim Dias va Rodrigo qolmoqda.

Kiritildi: 16:43, 24.07.2026.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик