«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong milliy terma jamoa yig‘inida jiddiy jarohat olgani sababli uzoq muddatga safdan chiqdi.
Marca nashrining xabar berishicha, futbolchining tiklanish jarayoni uzoq vaqt talab etgani bois, uning terma jamoasi shafeligida FIFA Klublarni himoya qilish dasturi (Club Protection Programme) doirasida Kataloniya klubiga har kuni taxminan 20 548 yevro miqdorida kompensasiya to‘lab boradi.
Ma’lumot uchun, ushbu dastur futbolchilar terma jamoalar safida jarohat olib, 28 kundan ortiq muddatga safdan chiqqan taqdirda, ularning maoshini qoplash maqsadida klublarga moddiy yordam ajratishni nazarda tutadi.













