Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Furiya Roxa» JCH-2026da zafar quchganidan so‘ng FIFA prezidenti Janni Infantino unga nima deganini so‘zlab berdi.
«Men har doim shaxsiy suhbatlar sir bo‘lib qolishi kerak deb hisoblayman, ammo bu safargisini aytib berishga arziydi, chunki bu futbolchilarimizning darajasiga tegishli.
Biz Infantino bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan Olimpiada o‘yinlarida tanishgan edik. O‘shanda futbolchilarning o‘zini tutishi juda ajoyib bo‘lgan. Ular medallarni taqib olishgan, yechmasdan yopilish marosimidan zavqlanishgan edi. Marosim yakunlangach, Infantino oldimga kelib: Mister, sizning futbolchilaringiz — hammaga o‘rnak, degandi.
O‘sha futbolchilarning ko‘pchiligi jahon chempionati finalida ham o‘ynashdi. U menga o‘sha voqeani eslatdi: Olimpiadada aytgan gaplarim bugun ham o‘z kuchida. Jamoaviy ruh, ahillik, saxovat, fidoyilik va futbol bo‘yicha buyuklikning haqiqiy namunasi!.
Bu bilan faxrlansa arziydi. Bu shunchaki futbol bilan bog‘liq har qanday narsadan ustun turadigan eng katta faxr tuyg‘usidir», — dedi de la Fuente Marca nashriga bergan intervyusida.













