«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Niderlandiyaning «Ayaks» klubida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi transfer muzokaralari yakuniy bosqichga yetgan.
SPORT nashrining xabar berishicha, germaniyalik posbon Kataloniya klubining Angliyada o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun qaydnomaga kiritilmaydi. U yaqin soatlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Amsterdamga yo‘l oladi.













