Italiyalik mutaxassis Enso Mareska «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatida ilk bor ommaviy axborot vositalari vakillari oldida chiqish qildi. U manchesterliklar lageriga qaytishidan mamnun ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Manchesterga qaytib, o‘zimni xuddi o‘z uyimdadek his qilyapman. Kayfiyatim a’lo darajada. Ilk kundan boshlagan taassurotlarim juda ijobiy bo‘ldi. Shu bois bu yerda ekanimdan juda xursandman», — deydi murabbiy.
Shuningdek, Mareska «shaharliklar» tarkibida yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yana ayrim o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligiga shama qildi.
«Menimcha, tarkibni mustahkamlash borasida hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor. Albatta, hamma narsa faqat bizning xohishimizga emas, balki transfer bozoridagi vaziyat qanday rivojlanishiga ham bog‘liq. Ehtimol, yana bir nechta transferlarni amalga oshirishimizga to‘g‘ri kelar. Hozirda ushbu jarayon ustida faol ish olib boryapmiz», — deya qo‘shimcha qildi u.













