Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Rasman: Shohmalik Komilov «Navbahor»ni tark etdi

Rasman: Shohmalik Komilov «Navbahor»ni tark etdi

Baho:
+ | -

Milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer oynasi vaqtida «Navbahor» tarkibida navbatdagi o‘zgarish yuz berdi. 26 yoshli mahoratli yarim himoyachi Shohmalik Komilov Namangan klubi safini tark etdi.

«Lochinlar» tarkibiga 2025 yilgi mavsum boshida kelib qo‘shilgan futbolchi ortda qolgan 1,5 mavsum davomida Namangan jamoasi libosida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda Komilov o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

«Biz jamoamiz safida o‘tkazgan o‘yinlari uchun Shohmalik Komilovga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz», — deyiladi «Navbahor» PFK matbuot xizmati tomonidan berilgan rasmiy axborotda.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:32, 24.07.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик