Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flikka ma’qul kelgan «Barselona» tarbiyalanuvchisi asosiy jamoada qolishi mumkin

Flikka ma’qul kelgan «Barselona» tarbiyalanuvchisi asosiy jamoada qolishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik mavsum oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlari va o‘yinlarida yarim himoyachi Brayan Farinyasning ko‘rsatgan o‘yinidan juda hayratda qoldi. Nemis mutaxassisining talabi bilan futbolchining «Jirona»ga o‘tishi kutilayotgan transferi to‘xtatildi.

Shundan so‘ng Kataloniya klubi sport direktori Deku 20 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib, uning kelajagi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Hozirda «Barselona»ning rejasi quyidagicha:

  • Farinyas mavsum oldi tayyorgarlikning to‘liq bosqichini asosiy jamoa bilan o‘tkazadi;

  • Shundan so‘ng u Xansi Flik qo‘l ostida asosiy tarkibda qoladi yoki yuqoriroq darajadagi va raqobat kuchli bo‘lgan boshqa klubga ijaraga beriladi;

  • Klub uni qaytadan «Barsa Atletik» (o‘rinbosarlar) tarkibiga qaytarish variantini mutlaqo ko‘rib chiqmayapti.

Kiritildi: 19:14, 24.07.2026.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик