Londonning «Arsenal» klubi mudofaa chizig‘ini kuchaytirish uchun istiqbolli futbolchilarni kuzatishda davom etmoqda.
Taniqli insayder va jurnalist Semi Mokbelning (Daily Mail / BBC) xabar berishicha, «Komo» klubiga tegishli bo‘lgan yosh markaziy himoyachi Hakobo Ramon «kanonirlar»ning transfer short-listiga kiritilgan.
Londonliklar skautlari 21 yoshli ispaniyalik himoyachining iqtidori va o‘yin uslubini yuqori baholamoqda va ushbu transferni yozgi oyna yopilguniga qadar amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganicha yo‘q.













