Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabat bildirdi

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq 49 yoshli niderlandiyalik mutaxassis 2028 yilgi Yevropa chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkani xabar qilingan edi. «Barselona» va «Bavariya»ning sobiq futbolchisi 15 avgustdan rasman o‘z vazifasiga kirishadi.

«Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish men uchun katta sharaf. Menga bildirilgan ishonch uchun Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Belgiyada ajoyib futbolchilar va juda katta potensial mavjud. Murabbiylar shtabim bilan birgalikda eng kuchli terma jamoalar bilan raqobatlasha oladigan, tartibli, ambisiyali va jasur jamoa tuzishni maqsad qilganmiz.

Muvaffaqiyatga hech qachon kafolat berib bo‘lmaydi, ammo mashaqqatli mehnat, halollik va o‘z ishiga fidoyilik kafolatlanadi. Biz ushbu jamoaning har kuni rivojlanishiga va Belgiya xalqi biz bilan faxrlanishiga erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solamiz.

Futbolchilar, xodimlar va muxlislar bilan ko‘rishishni hamda ushbu yangi sahifani birgalikda boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi van Bommel.

Kiritildi: 22:51, 24.07.2026.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик