Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

OKMK va «Xorazm» SM stadionlari integrasiyalashgan kabellashtirish ishlarini yakunladi

OKMK va «Xorazm» SM stadionlari integrasiyalashgan kabellashtirish ishlarini yakunladi

Baho:
+ | -

Superliga stadionlarini Prezident qarori asosida translyasiyalar uchun integrasiyalashgan kabellashtirish ishlari davom etmoqda. Mazkur masalani birinchilardan bo‘lib Farg‘onadagi «Istiqlol» stadioni hal qilgandi. Endilikda ular qatoriga Olmaliq va Urganch shaharlaridagi stadionlar ham qo‘shildi.

Superliganing 14-turi doirasida OKMK 27 iyul kuni «Mash’al» klubini qabul qiladi. Ertasiga — 28 iyul kuni Urganchda «Surxon» mehmon bo‘ladi. Mana shu uchrashuvlar translyasiyasi davomida Liga MTRK bilan hamkorlikda mazkur jarayon yakunlarini sinovdan o‘tkazib oladi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Nukus shahridagi «Turon» stadionida ham kabellashtirish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, Liga keyinchalik bu haqda alohida ma’lumot beradi. Shuningdek, Namangan va Qarshi shaharlaridagi «Markaziy» stadionlarda bu borada amaliy ishlar boshlangan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:00, 25.07.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик