Sloveniyalik arbitr Slavko Vinchich o‘tkazilgan Jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb topildi. U turnirning asosiy o‘yini — Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvini ham a’lo darajada boshqarib berdi. Mukofot sobiq Italiya arbitri, Italiya futboli hakamlar assosiasiyasini dunyoda eng yaxshi deb hisoblangan davrda uzoq vaqt boshqargan Djulio Kampanati sharafiga nomlangan.
Vinchich Sloveniyaning Maribor shahrida tug‘ilgan, hakamlik faoliyatini esa 2007 yilda o‘z vatani Sloveniyada boshlagan. Uning birinchi yirik turniri 2012 yilgi Yevropa chempionati bo‘lgan — ammo u yerda faqat boshqa bir sloveniyalik arbitr Damir Skominaning yordamchisi sifatida ishlagan.













