Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Kyeza: «Liverpul»da baxtliman, bu klubni yaxshi ko‘raman»

Kyeza: «Liverpul»da baxtliman, bu klubni yaxshi ko‘raman»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning italiyalik hujumchisi Federiko Kyeza hozirgi jamoasida qolish istagi haqida gapirdi.

«Hozirgi paytda men bu yerda, «Liverpul»da baxtliman. Bu klubni, muxlislarni yaxshi ko‘raman, hammasini yaxshi ko‘raman. Bu yerda imkoniyatga ega bo‘lish uchun qo‘limdan kelganini qilyapman, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hozirda faqat «Liverpul» haqida o‘ylayapman. Mavsum boshida hamma narsa hamisha yangi sahifadan boshlanadi. Ehtimol, bunday «yangi boshlanishlar» juda ko‘p bo‘lgandir, lekin bu meni tashvishlantirmaydi.

Yangi murabbiy uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman. O‘tgan yili ham muhimroq rol o‘ynashga tayyorligimni his qilgandim, ammo o‘shanda hammasi murabbiy mening o‘ynashimni xohlash-xohlamasligiga bog‘liq edi. Murabbiyning o‘yin bo‘yicha o‘z rejalari bor edi, u o‘z qarorlarini qabul qilgan, bu bo‘yicha aytadigan gapim yo‘q. Bu yil, aytaylik, yangi bob. Bizda yangi murabbiy bor, men bor e’tiborimni shunga qaratishim kerak», — dedi Kyeza The Athletic nashriga.

Kiritildi: 06:40, 27.07.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик