Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 1-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 2-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

«Real» Vinisiusning agenti bilan uchrashuv rejalashtirdi

«Real» Vinisiusning agenti bilan uchrashuv rejalashtirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi rahbariyati braziliyalik vinger Vinisius Juniorning agentlari bilan uchrashuv rejalashtirdi. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar shu haftada bo‘lib o‘tadi. «Qirollik klubi» braziliyalik futbolchining vakillari bilan yangi mehnat shartnomasi shartlarini muhokama qiladi. Vinisiusning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Oldinroq OAVda Londonning «Arsenal» klubi yulduzli vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Junior 2018 yildan beri «Real» safida o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:28, 27.07.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик