Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Kodi Gakpo «Fenerbaxche»ning taklifini rad etdi

Kodi Gakpo «Fenerbaxche»ning taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

Fanatik nashrining xabar berishicha, «Fenerbaxche» «Liverpul» vingeri Kodi Gakponi o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha dastlabki taklif bilan chiqdi, ammo Niderlandiya terma jamoasi a’zosi bu imkoniyatni rad etdi.

Manbada qayd etilishicha, 27 yoshli futbolchi «Enfild»ni tark etgan taqdirda ham Yevropaning kuchli beshlik ligalaridan birida o‘ynashni davom ettirishni istamoqda.

Turkiya grandi ushbu omadsizlikka qaramay, futbolchiga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmaydi va Gakpo atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etadi. So‘nggi haftalarda hujumchiga «Tottenxem» tomonidan ham qiziqish bildirilgan edi, ammo «Liverpul» uni sotish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Gakpo 2022 yilning dekabrida «PSV Eyndxoven»dan o‘tganidan beri «Liverpul» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi hamda Yevropaning ko‘plab klublari e’tiborida qolishda davom etmoqda.

Kiritildi: 12:19, 28.07.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик