Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan o‘z qo‘l ostidagi Fransiya terma jamoasining o‘yin uslubi haqida

Zidan o‘z qo‘l ostidagi Fransiya terma jamoasining o‘yin uslubi haqida

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan uning rahbarligida Fransiya terma jamoasi qaysi uslubda o‘ynashi haqidagi savolga javob berdi.

Bugun 54 yoshli mutaxassis jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

«Tez orada mening uslubimni ko‘rasiz, sentyabr oyida matbuot anjumani o‘tkazamiz. Meni o‘yinning o‘zi ruhlantiradi. Men «o‘nlik» bo‘lganman va meni eng ko‘p ilhomlantiradigan narsa — gol urish imkoniyatidir. Men Ispaniyada 25 yil yashadim, bu nimani anglatishini bilasiz. Maydonda men yetakchi edim. Bugun esa o‘z tajribam tufayli yetakchiga aylanmoqdaman.

Biz qanday qilib g‘alaba qozonishimizni ikki og‘iz so‘z bilan tushuntirib berolmayman. Mening ajoyib jamoam bor. Vaziyat bilan tanishib chiqishim, o‘yinchilar bilan uchrashishim, ularga o‘yin rejamni va birgalikda nima qilishimizni tushuntirishim kerak. Shundan so‘ng, ushbu jamoa g‘alaba qozonishda davom etish-etmasligi murabbiy sifatida menga bog‘liq bo‘ladi.

Fransiya terma jamoasining natijalari va o‘yini ajoyib edi. Hammaga yoqqani kabi menga ham hamma narsa juda yoqdi. Muxlislarda nolish uchun hech qanday sabab yo‘q.

Biz boshqacha ishlaymiz. Desham — bu Desham, Blan — bu Blan, Zidan — bu Zidan. Men qo‘limdan keladigan ishni qilmoqchiman. Fransiya terma jamoasi g‘alaba qozonishda davom etishi uchun barqarorlikni ta’minlamoqchiman», — dedi Zidan.

Kiritildi: 14:48, 28.07.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик