Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Mash’al» nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Mash’al» nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Muborakning «Mash’al» futbol klubi tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi klub bilan 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan yarim yillik shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi markaziy yarim himoya chizig‘ida harakat qiladi. Shuningdek, u hujumkor va tayanch yarim himoyachi pozisiyalarida ham o‘ynay oladi. Ifeanyi Nigeriya milliy terma jamoasi safida ham to‘p surgan tajribali futbolchi hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati davomida «MFM», «Akwa United», Jazoirning «ES Sétif», Iroqning «Newroz» va «Al-Najaf», shuningdek, O‘zbekistonning «Qizilqum» klublarida faoliyat olib borgan.

Ifeanyi Ifeanyi «Mash’al» uchun begona emas. U 2020–2021 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan va endi yana jamoaga yordam berish, o‘zining boy tajribasini ishga solish uchun Muborakka qaytmoqda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 14:26, 29.07.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик