Angliyalik hujumchi Markus Rashford «Barselona»dan ketishini e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqlarda tegishli xabarni qoldirib, Kataloniya klubi bilan hissiyotlarga boy tarzda xayrlashdi.
Rashford o‘tgan mavsum «Barselona» safida ijara asosida to‘p surgan edi. Uning transfer huquqlari hamon Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga tegishli.
«Bu yerda o‘tkazgan vaqtim men uchun juda ijobiy va unutilmas tajribaga aylangani uchun klubdagi barchaga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Bu yerdagi har bir lahzadan zavq oldim va o‘zim bilan ko‘plab ajoyib xotiralarni olib ketaman. Klub va uning barcha muxlislariga kelasi mavsumda omad hamda katta muvaffaqiyatlar tilayman», — deb yozdi Rashford.
U shuningdek, xayrlashuv postiga o‘z familiyasi tushirilgan «Barselona» futbolkasi suratini ham ilova qildi.













