«Benfika» himoyachisi Antoniu Silva «Bornmut» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, klublar 22 yoshli futbolchining transferini 25 million yevroga kelishib olishgan. Yana 5 million yevro bonuslar uchun ajratiladi. Yaqin orada Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
Silva «Benfika» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Lissabon klubi bilan shartnomasi bir yildan so‘ng tugar edi. Himoyachi hisobida Portugaliya milliy terma jamoasi safida 22 ta o‘yin bor.
O‘tgan mavsumda Silva klub darajasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan, 1 ta golli uzatma bergan va 8 ta sariq kartochka olgan.













