«Al-Hilol» qanot himoyachisi Joau Kanselu imkon qadar tezroq jamoasini o‘zgartirmoqchi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi Saudiya klubining Avstriyadagi mavsumlararo mashg‘ulot yig‘iniga yetib kelmagan. Endi portugaliyalik futbolchi intizomni buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin.
Kanseluning agenti Jorje Mendesh uni «Barselona»ga qaytarish bo‘yicha kelishuv ustida ishlayotgan bir vaqtda, futbolchining o‘zi vatanida qolmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» hamon o‘yinchining transferini 10 million yevrodan kamroq summaga rasmiylashtirishga umid qilishmoqda.
Joau Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ijara huquqi asosida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan edi. Lateral «Barsa»ga doimiy asosda o‘tishni xohlashini va «Al-Hilol»da boshqa o‘ynamasligini bir necha bor ochiq bildirgan.













