«Pari Sen-Jermen» «Parma» darvozaboni Dzion Sudzukiga da’vogarlik qilmoqda. Jurnalist Mark Meshenuaning xabar berishicha, Italiya klubi o‘z yulduzi uchun taxminan 35-40 million yevro so‘ramoqda. «PSJ» bu narxga rozi emas va yaponiyalik futbolchi uchun ancha kamroq mablag‘ taklif qilmoqda.
Transfermarkt ekspertlari Dzion Sudzukining bozor qiymatini 30 million yevroga baholashmoqda – u dunyoning eng qimmat o‘n nafar darvozaboni qatoriga kiradi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi «Parma» safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan jami 30 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Avvalroq Sudzukiga «Yuventus» va Angliya Premyer-ligasi vakillari tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan edi.













