Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo Rodrigoning iste’dodidan hayratda

Mourinyo Rodrigoning iste’dodidan hayratda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelajakda Rodrigoga umid bog‘lamoqda.

25 yoshli vinger mart oyi boshida xochsimon paylari uzilgani sababli safdan chiqqan edi. Futbolchi yangi mavsum boshlanishini o‘tkazib yuboradi. Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, Mourinyoga Rodrigoning o‘yini manzur kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchi jamoaning boshqa hujumkor o‘yinchilaridan farq qiladi deb hisoblaydi – u markaziy hududlarda ijodkorroq va universalroqdir.

Rodrigo o‘tgan mavsumda «qaymoqranglilar» safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Joze Mourinyo yoz boshida Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallab, «Real»ga qaytgan edi.

Kiritildi: 16:31, 31.07.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик