Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Leon Goreska o‘z xizmatlarini «Barselona»ga taklif qildi

Leon Goreska o‘z xizmatlarini «Barselona»ga taklif qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan 31 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Leon Goreska «Barselona»ga o‘tish variantini taklif qildi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, futbolchining agentlari Frenki de Yongning Jahon chempionatida olgan tizza jarohati sababli uzoq muddatga (taxminan 4 oy) safdan chiqqanidan foydalanib, «Barselona» bilan bog‘lanishgan. Goreska «Bavariya» va Germaniya terma jamoasida birga ishlagan sobiq murabbiyi Xansi Flik qo‘l ostida yana to‘p surishga qiziqish bildirgan.

Ammo kataloniyaliklar sport direktori Deku ushbu transferni rad etgan. «Barselona» rahbariyati markaziy yarim himoya chizig‘ida yetarlicha tarkib chuqurligi mavjud deb hisoblaydi va bu pozisiyani kuchaytirishni rejalashtirmayapti. Bundan tashqari, Goreskaning yiliga 7 million yevro maosh hamda 10 million yevro atrofida imzo bonusi so‘rayotgani ham o‘tishga to‘sqinlik qilgan.

Kiritildi: 19:25, 31.07.2026.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик