Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Floran Maludaning o‘g‘li Ozarbayjonning «Sabah» klubidan «Bazel»ga o‘tdi

Floran Maludaning o‘g‘li Ozarbayjonning «Sabah» klubidan «Bazel»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» va Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Floran Maludaning o‘g‘li Aaron Maluda Ozarbayjonning «Sabah» klubidan Shveysariyaning «Bazel» jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Shveysariya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi bilan 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma imzolangan.

Yangi jamoasida vinger 17-raqamda to‘p suradi. Fransiyada kichik Maluda «Lion», «Renn» va «Lill» kabi klublarning yoshlar jamoalarida o‘ynagan, 2025 yilning birinchi yarmini esa «Nim Olimpik» klubida ijarada o‘tkazgan edi.

Maluda «Sabah» safiga 2025 yilning sentyabr oyida kelib qo‘shilgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda u jamoasi bilan Ozarbayjon chempioni va Kubogi sohibiga aylandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Bazel» fransuz futbolchisining transferi uchun 2,7 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 19:28, 31.07.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик