Bruno Gimaraes avgust oyining boshidayoq «Arsenal» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, londonliklar yarim himoyachining transferi bo‘yicha umumiy hisobda 77 million funt sterling va qo‘shimcha bonuslar evaziga kelishib olishgan. Hozirda ayrim mayda tafsilotlarni hal qilish qolgan, ammo kelishuv yakunlanish arafasida.
Ta’kidlanishicha, braziliyalik yarim himoyachining London klubidagi tibbiy ko‘rigi kelasi haftaga rejalashtirilgan.













