Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Real» tarbiyalanuvchisi Viktor Valdepenyas «Fiorentina»ga o‘tdi

«Real» tarbiyalanuvchisi Viktor Valdepenyas «Fiorentina»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Viktor Valdepenyas faoliyatini Italiyaning «Fiorentina» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi «Fiorentina» bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Transfer shartlariga ko‘ra, «Real» ushbu kelishuvdan 8 million yevro oladi. Shuningdek, madridliklar futbolchi kelajakda boshqa klubga sotilsa, transfer summasining 50 foizini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, «Real» Valdepenyasni birinchi bo‘lib qayta sotib olish huquqini ham saqlab qolgan.

«Fiorentina» kabi buyuk klubga kelganimdan juda xursandman», — dedi futbolchi.

Viktor Valdepenyas 2018 yilda «Rayo Valyekano» akademiyasidan «Real» tizimiga o‘tgan edi.

Ispaniyalik himoyachi «Real» asosiy jamoasi safidagi debyutini 2025 yil dekabr oyida Ispaniya chempionatida «Alaves»ga qarshi bahsda (2:1) zaxiradan maydonga tushib o‘tkazgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:33, 31.07.2026.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик