Yulian Brandt faoliyatini Niderlandiyada davom ettiradi.
Yarim himoyachi "Borussiya" ( Dortmund)ni erkin agent sifatida tark etdi. "Ayaks" bugun uning shartnomasini e’lon qildi. Germaniyalik futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Brandt 2025/26 yilgi mavsumda Bundesligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urgan.













