Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

KONMEBOL Infantinoning Jahon chempionati ulushini sotish rejasi bo‘yicha o‘z pozisiyasini ma’lum qildi

KONMEBOL Infantinoning Jahon chempionati ulushini sotish rejasi bo‘yicha o‘z pozisiyasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -1

Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi (KONMEBOL) rasmiy saytida FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi yuzasidan o‘z pozisiyasini bayon qildi.

Bayonotda quyidagilar ta’kidlangan:

«KONMEBOL uchun doimo eng ustuvor qadriyat futbol bo‘lib qoladi — uning qadriyatlari, insonlari va uni dunyodagi eng ommabop sport turiga aylantirgan ishtiyoq. Biz futbolni rivojlantirish tijoriy va moliyaviy qarorlarni talab qilishini tushunamiz. Biroq bu qarorlar har doim sport manfaatlariga xizmat qilishi va hech qachon uning mohiyatidan ustun turmasligi kerak.

Futbol har doim birinchi o‘rinda bo‘lishi shart.

FIFA taqdim etgan FFE loyihasi haqidagi taklif bilan tanishgach, KONMEBOL o‘zining institusional tartib-qoidalariga muvofiq a’zo assosiasiyalar bilan maslahatlashuv jarayonini boshladi hamda mazkur taklifni mas’uliyat va sinchkovlik bilan o‘rganish uchun Konfederasiya Kengashi yig‘ilishini chaqirdi.

Shu maqsadda KONMEBOL FIFAdan loyihaning ko‘lami, tuzilishi, boshqaruv tizimi va ehtimoliy oqibatlariga oid qo‘shimcha ma’lumot hamda izohlar so‘radi.

KONMEBOL bundan buyon ham ehtiyotkorlik, mas’uliyat va hamkorlik ruhida ish olib boradi hamda jahon futbolini faqat institusional mexanizmlar va yaxshi boshqaruv tamoyillari orqali mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Biz butun futbol oilasini birlikka chaqiramiz va har qanday manfaatdan ustun ravishda futbol doimo birinchi o‘rinda bo‘lishi lozimligini ta’kidlaymiz», — deyiladi KONMEBOL matbuot xizmati bayonotida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:51, 01.08.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик