Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romario: «Barezi — faoliyatimdagi eng qiyin raqib»

Romario: «Barezi — faoliyatimdagi eng qiyin raqib»

Baho:
+ | -

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Romario Franko Bareziga ehtirom ko‘rsatib, uni maydonda to‘qnash kelgan eng qiyin himoyachi deb atadi.

Ikki futbolchi 1994 yilgi Jahon chempionati finalida Pasadenadagi «Rouz Boul» stadionida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda Barezi hal qiluvchi o‘yinga atigi uch hafta qolganda menisk jarohatidan tiklanib, Romario tomonidan keladigan xavfni to‘liq bartaraf eta olgandi. O‘sha final penaltilar seriyasida yakunlanib, unda Braziliyaning qo‘li baland kelgan.

«Do‘stlar, bugun futbol dunyosi katta qayg‘u bilan uyg‘ondi — Franko Barezi hayotdan ko‘z yumdi. Men PSVda o‘ynab yurgan kezlarimda «Milan»ga qarshi ikki bor maydonga tushganman va o‘shandayoq Barezining ajoyib futbolchi ekanini anglab yetgandim. Keyinchalik 1994 yilgi Jahon chempionati finalida — hayotimizdagi eng muhim o‘yinlardan birida yana to‘qnash keldik.

Hech ikkilanishsiz ayta olamanki: u faoliyatimdagi eng qiyin raqib edi. 1997 yilda uning xayrlashuv o‘yinida ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘lganman. Bu yigit mutlaqo boshqa darajada edi! U «Milan» va Italiya terma jamoasining ramzi edi. Tarixdagi eng buyuk himoyachilardan biri», — deydi Romarioning so‘zlarini Football Italia.

Kiritildi: 12:33, 01.08.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик