«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford bu yozda «Barselona»ga qaytmaydi.
Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda ijara asosida «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan edi. Kataloniya klubi «qizil iblislar» bilan o‘yinchining transferini to‘liq sotib olish bo‘yicha kelisha olmadi.
«Markus bilan birga ishlaganimdan juda xursand bo‘lganimni ayta olaman. Ba’zida ijaraga olingan futbolchilar bilan vaziyat qanday kechishini oldindan bila olmaysiz. Bizda murakkab vaziyat yuzaga keldi, ammo Reshford bilan ishlash men uchun yoqimli bo‘ldi — u fantastik futbolchi va ajoyib inson. Jamoa uni sog‘inadi, men o‘zim ham uni sog‘inaman, lekin hayot shunaqa», — deydi «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.
Juma kuni «Barselona» Angliyada «Birmingem»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi: uchrashuv 90 daqiqalik asosiy vaqtda 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlanib, penaltilar seriyasida mezbonlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.













