Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik: «Ishonchim komilki, u bizga yordam beradi»

Flik: «Ishonchim komilki, u bizga yordam beradi»

Baho:
+2 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Birmingem Siti»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan (2:2, penaltilar bo‘yicha 2:3) so‘ng jamoaning yangi hujumchisi Karim Adeyemi o‘yinining darajasi haqida fikr bildirdi.

«Karimda yuzaga chiqara oladigan katta potensial bor. Ustida ishlash kerak bo‘lgan jihatlar mavjud, u biz bilan hali deyarli mashg‘ulot o‘tkazgani yo‘q, ammo Adeyemi mahoratining yuqori darajasi sezilib turibdi. Uni maydonda ko‘rganimdan juda xursandman. Ishonchim komilki, u bizga hali yordam beradi», — deydi Flikning so‘zlarini Sport.es.

Futbolchining avvalgi klubi Dortmundning «Borussiya»si edi. Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 24 yoshli Karim Adeyemi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u UYEFA Chempionlar ligasida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:53, 01.08.2026.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик