Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Nacho Mourinyoning «Real»ga qaytishi haqida gapirdi

Nacho Mourinyoning «Real»ga qaytishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning sobiq himoyachisi Nacho Fernandes Joze Mourinyoning bosh murabbiy lavozimiga qaytishiga munosabat bildirdi.

«Yakunda sovrinlar qo‘lga kiritiladimi-yo‘qmi, buni ayta olmayman, chunki bu futbol va unda hamma narsa murakkab. Lekin shuni aniq bilamanki, u futbolchilarni maydonda bor kuchini berishga, 100 foiz fidoyilik ko‘rsatishga majbur qiladi. U har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinda talab qiladigan shiddat... Men jamoa ichida bo‘lganman va sizga ishonch bilan ayta olaman: ular bor kuchlari bilan mehnat qilishadi.

Shu sababli, agar futbolchilar va Mourinyu bir tan va bir jon bo‘lib harakat qilishsa, «Real» uchun yaxshi davrlar kelishiga hech qanday shubham yo‘q. Mou — «Real»ning bir qismi, u haqiqiy madridist. Eng muhimi shu: u ushbu klubda g‘alaba qozonish va mag‘lubiyatga uchrash nima ekanini juda yaxshi biladi.

Agar futbolchilar u bilan oxirigacha birga bo‘lishsa, «Real»ni ko‘plab ajoyib lahzalar kutib turibdi», — dedi madridliklarning sobiq himoyachisi.

Kiritildi: 13:04, 01.08.2026.
O'qildi: 1249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик