Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Superliga. “Andijon” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Superliga. “Andijon” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+-1 | -2

O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda “Andijon” o‘z maydonida poytaxtning “Paxtakor” jamoasini qabul qilib, jangovar golsiz durang qayd etdi.

Andijondagi “Bobur arena” stadionida o‘tgan bahs keskin kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yin davomida har ikki jamoa vakillari hisobni ochish uchun bir qator xavfli hujumlarni tashkil etgan bo‘lsa-da, hujumlarni yakunlashda ularga aniqlik va omad yetishmadi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari o‘ta asabiy ruhda o‘tdi va hakam cho‘ntagidan ketma-ket qizil kartochkalar chiqishiga sabab bo‘ldi. Dastlab, 80-daqiqada “Andijon” a’zosi Nemaniya Chalasan maydondan chetlatildi. Qolgan daqiqalarda son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan toshkentliklar bu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Aksincha, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda (90+3-daqiqa) mezbonlar tarkibidan Martin Buake, “Paxtakor”dan esa Muhammadrasul Abdumajidov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Yakunda tabloda 0:0 hisobi o‘zgarmay qoldi.

Ushbu durang natijadan so‘ng har ikki jamoa o‘z hisobiga bittadan ochko yozdirib qo‘ydi. Safardan durang bilan qaytgan “Paxtakor” ochkolari sonini 34 taga yetkazdi va turnir jadvalida 35 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan “Neftchi”ni ta’qib qilishda davom etgan holda 2-pog‘onani band etib turibdi. O‘z uyida bir ochkoga ega chiqqan “Andijon” esa jami ochkolarini 21 taga yetkazib, jadvalning 8-o‘rniga joylashdi.

O‘zbekiston Superligasi, 15-tur
“Andijon” — “Paxtakor” 0:0
Chetlatishlar: Nemaniya Chalasan (80, “Andijon”), Martin Buake (90+3, “Andijon”), Muhammadrasul Abdumajidov (90+3, “Paxtakor”)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:33, 01.08.2026.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик