Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mirko Yelichich: «Bugun har ikki jamoa uch ochko uchun o‘ynadi»

Mirko Yelichich: «Bugun har ikki jamoa uch ochko uchun o‘ynadi»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich «Buxoro»ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida raqibni tabriklab, o‘z jamoasi o‘yini va qizil kartochka haqida fikr bildirdi.

«Avvalo, "Buxoro"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgani bejiz emas. Ularga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi. Shu bilan birga, futbolchilarimga ham rahmat aytaman. Bugun har ikki jamoa uch ochko uchun maydonga tushdi. Jamoamning kurashuvchanligidan mamnunman», — dedi Yelichich.

Murabbiy uchrashuvda ko‘rsatilgan qizil kartochkaga ham munosabat bildirdi.

«Hozir kichik xatolar ham kechirilmayapti. Vaziyatni oldindan his qilish kerak edi. Bu epizod, ehtimol, qizil kartochkaga tortar. Lekin o‘yinning bir qismi sifatida har bir vaziyatni his qilib turish lozim. Bugun har ikki jamoada ham e’tibor ko‘proq hakamlarga qaratildi. Biroq bu hech kimga yordam bermaydi», — dedi «Lokomotiv» ustozi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:11, 01.08.2026.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик