Tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini «Nasaf» klubida davom ettiradi.
Vodiy klublari safidagi ishonchli va sermahsul o‘yinlari orqali futbol muxlislari e’tiborini qozongan futbolchi bilan kelishuvga erishildi.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Abbos G‘ulomov mavsum yakuniga qadar qarshiliklar sharafini himoya qiladi. Shuningdek, bitimda shartnomani uzaytirish imkoniyatini nazarda tutuvchi band ham mavjud.
Shu tariqa, Abbos G‘ulomov «ajdarlar» safiga qo‘shildi va jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari yo‘lida harakat qiladi.













