Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Islom Ahmedov: «O‘z falsafamizdan kechmagan holda o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik»

Islom Ahmedov: «O‘z falsafamizdan kechmagan holda o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik»

Baho:
+ | -

«Andijon» — «Paxtakor» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida savollarga javob berdi.

— O‘yinni qiyin o‘tishini bilardik. «Paxtakor» grand jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar borligini bilamiz. Kuchli murabbiyga ega. Shuning uchun og‘ir kechishini sezgandik va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdik. O‘z falsafamizdan kechmagan holda iloji boricha to‘pni nazorat qilish, hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Baribir «Paxtakor» bunga qarshilik ko‘rsatdi va biz xohlagandek o‘yin ko‘rsata olmadik. Raqib kuchli edi. O‘z maydonimizda muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qilishni istagandik. Lekin durang bo‘lib qoldi.

— Bitta uchrashuvda ikkita qizil kartochka — bu tartib-intizom masalasida o‘ylantiradigan holat. Bu bo‘yicha qanday izoh berasiz?

— Birinchi vaziyatga keladigan bo‘lsak, himoyachimiz pas orqali vaziyatdan chiqib ketmoqchi edi. Buni o‘zimiz o‘yinchilarimizga tushuntiramiz. Ha, xato bo‘ldi. Oxirgi folni qo‘lladi. Bu yerda tajovuzkorlik yo‘q edi. Bu vaziyatda o‘zini to‘xtata olmasligi ham mumkin, chunki u oxirgi himoyachi. Darvozaga to‘p kirib ketishi mumkinligini o‘ylagan holda o‘z-o‘zidan raqibni ushlab qolish holati bo‘ladi. Ikkinchi vaziyatni oqlamagan bo‘lardim. To‘g‘ri aytyapsiz, ko‘rib chiqib, tegishli chora ko‘ramiz.

— Ko‘pchilik yana Hamidullo Karimovdan gol kutgandi. Bu futbolchi belgilangan vaqtda tushmagandek tuyuldi. U haqida fikr bildirsangiz.

— Avvalgi o‘yinlarda Karimov o‘yin oxirlarida maydonga tushayotgandi. Bugun esa biroz ertaroq maydonga tushirdim. Ko‘proq vaqt bermoqchi bo‘ldik. Lekin majburiy o‘zgarishlar ham bo‘ldi, jarohati sababli o‘yinchimiz o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Xohlaysizmi-yo‘qmi, Xamidullo Karimovga qarshi milliy jamoa o‘yinchisi o‘ynadi. O‘z imkoniyatini ko‘rsatishi qiyin bo‘ladi.

— Maydon markazini kuchaytirish maqsadida Shohmalik Komilovni maydonga tushirsangiz bo‘lmasmidi?

— Bo‘lardi. Ammo Shohmalik jamoamizga yaqindagina qo‘shildi. O‘yin falsafamizni tushuntirib boryapmiz. Vaqti kelib, uni ham maydonga tushiramiz.

— Qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatayotgandi. Almashtirilishiga nima sabab bo‘ldi?

— Majburiy o‘zgarish bo‘ldi. Uning o‘zi jarohati sababli zaxiraga olishimizni so‘radi. Natijada almashtirishga majbur bo‘ldik.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:35, 02.08.2026.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик