Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xavers «Jirona»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinidagi (4:1) g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlarini bildirdi.
Nemis futbolchisi uchrashuvning 16-daqiqasida hisobni ochdi, 33-daqiqada esa zahiraga olindi. Jamoaning qolgan gollariga Xristos Solis, Maks Douman va Gabriel Jezus mualliflik qilishdi.
«Yaxshi g‘alaba bo‘ldi. Maydonda o‘zaro tushunishimiz qay darajada yo‘lga qo‘yilganini ko‘rishingiz mumkin edi. Jiddiy raqibga qarshi munosib sinov bo‘ldi. O‘ylaymanki, biz juda yaxshi harakat qildik va endi xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak.
Jismoniy holatim a’lo darajada. Men uch hafta dam oldim, ammo sport formamni juda boy berib qo‘yganim yo‘q. O‘zimni maydonga tayyor his qilyapman», — dedi Xavers «Arsenal» rasmiy saytiga.
Allaqachon 5 avgust kuni «kanonirlar» «Betis»ga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishadi.













